UstaBek UstaBek

Usta gapiradi —
ilova hisoblaydi.

Qurilish ustalari uchun material hisobi va ish yuritish ilovasi.

ustabek.uzapp.ustabek.uz Diyor Adashev · AsoschiSamarqand
02 / Maqsad
Biz nima qilamiz

Qurilish ustasining material hisobini va butun ish yuritishini bitta ilovaga jamlaymiz.

Usta faqat gapiradi. Qolganini ilova qiladi.

03 / Muammo
Muammo

Hisob ustaning boshida turadi.

  • Spiska yozgan usta ham xato qiladi. Bir necha xonaning o'lchamini olmagan yoki ayrim ishning hisobini qo'shmagan bo'ladi.
  • Ba'zan aksincha — ehtiyot bo'lay deb keragidan ko'p yozadi.
  • Umuman yozmaydiganlar hammasini yodida saqlaydi — obyektda qog'oz ham, vaqt ham yo'q.
  • Chizma yo'q. Usta ham, mijoz ham ishni oldindan ko'rmaydi — tushib qolgan xona faqat obyektda ma'lum bo'ladi.
  • Universal kalkulyatorlar yordam bermaydi — har ustaning o'z hisoblash usuli bor.
10–20
marta do'konga qatnov — bitta ish davomida
20–30%
olingan material ish oxirida qaytariladi
04 / Yechim
Yechim

Chizing yoki gapiring — qolganini ilova qiladi.

2D chizma
Barmoq bilan 2D chizma
3D ko'rinish
Darrov 3D bo'ladi
01

Chizing

Usta xonani telefonda barmoq bilan chizadi. Xohlasa o'lchamni shunchaki gapiradi.

02

3D'da ko'ring

Chizma darrov 3D bo'ladi. Tushib qolgan xona ko'zga tashlanadi, mijozga ko'rsatsa bo'ladi.

03

Spiska tayyor

Material ro'yxati va narx ustaning o'z formulasi bo'yicha chiqadi — taxmin yo'q.

05 / Nega hozir
Nega aynan hozir

To'rt narsa bir vaqtda to'g'ri keldi.

01

Telefon

Smartfon ustalarning hammasida bor. U obyektda, qo'lida telefon bilan ishlaydi.

02

AI

Endi shu darajada arzon va aniqki, usta o'zbekcha gapirsa — spiska o'zi tuziladi. Bir yil oldin imkonsiz edi.

03

3D brauzerda

Telefonda 3D ko'rsatish oddiy narsaga aylandi. Mijoz natijani ko'zi bilan ko'radi.

04

To'lov

Payme va Click bilan obuna yig'ish normaga aylandi.

06 / Bozor
Bozor hajmi

Qurilish — eng katta va eng raqamlashmagan soha.

~1,3M
qurilishda band kishi — aksari mustaqil ishlaydi
$130M
TAM — yillik obuna ($96/yil)
$48M
SAM — mustaqil ustalar
$4,4 mlrd
material bozori — komissiya imkoniyati

Markaziy Osiyoda ish uslubi bir xil — keyingi bosqichda bozor kengayadi.

07 / Raqobat
Raqobat

Eng katta raqobatchi — hozirgi usul.

KimNima qiladiKamchiligi
Qog'oz + kalkulyatorUsta qo'lda hisoblaydiXato, tushib qolgan joy, qayta ish
Excel / SheetsShablon bilan hisobObyektda ishlatib bo'lmaydi, har safar qo'lda
Onlayn kalkulyatorlarUniversal formulaRuscha, bitta materialga, ustaning usuliga mos emas
Daftar + TelegramMijoz va pulni yuritishTarqoq, hisob bilan bog'lanmagan
UstaBekGapiradi yoki chizadi → spiska, narx, 3DUstaning o'z formulasi bilan, hammasi bir joyda
08 / Mahsulot
Mahsulot

Play Market'da ishlab turibdi.

O'lchamni ayting yoki kiriting
Xonani telefonda chizing
Darrov 3D ko'rinish
Material spiskasi va narx
09 / Biznes model
Biznes model

Hisob bepul. Ustidagi qulayliklar pulli.

Bepul

0
  • Material hisobi
  • Mijoz va obyekt
  • To'lovlar

Pro

~$8 / oy
  • 3D dizayn
  • Cheksiz obyekt
  • Boshqa kasblar va shablonlar

Keyingi bosqich

Komissiya
  • Ilovadan to'g'ridan-to'g'ri material buyurtmasi
  • Do'konlar bilan hamkorlik
10 / Traksiya
Hozirgi holat

5 kun. Reklamasiz. 22 usta.

22
foydalanuvchi — Play Market test rejimida
2–5
yangi usta har kuni qo'shilyapti
4–5
kunlik faol foydalanuvchi (DAU)
$0
reklama xarajati — hammasi do'konim orqali

Kanal

Do'konimga har kuni ustalar keladi — to'g'ridan-to'g'ri taklif qilaman.

Keyingi qadam

Public reliz 2–3 hafta ichida, so'ng usta guruhlarida maqsadli reklama.

11 / Jamoa
Nega men

Do'kon ham meniki, kod ham meniki.

  • 12 yoshimdan kod yozaman. So'nggi 2 yilda CRM, HR tizimlari va event saytlarini qurdim.
  • Oilaviy qurilish do'konimiz Samarqandda — IT tomonini boshidan oxirigacha o'zim qildim. Muammoni har kuni ko'raman.
  • UstaBek'ni 0'dan o'zim qurdim — frontend, backend, AI. 650+ commit.
  • Mijoz, muammo va tarqatish kanali — uchalasi bitta joyda.

Diyor Adashev · 18 yosh · Samarqand

UzCombinator Buildathon — 2× g'olib PDP EduMetric Hackathon — 3-o'rin Edudash CRM PDP grant tizimi IT Community of Uzbekistan · volontyor React · Spring Boot · AI
12 / Moliya va so'rov
Moliya va so'rov

Xarajat past. Muddat cheksiz.

$30–50
oylik xarajat: server, AI, SMS, domen — o'zim qoplayapman
100%
ulush asoschida · tashqi investitsiya yo'q

Aksleratordan nima kutaman

  • Mentorlik: 0→1 mahsulotni bozorga chiqargan, freemium narx va retention bo'yicha real tajriba.
  • Birinchi 1 000 foydalanuvchi va ularni to'lovga o'tkazish bo'yicha yo'l-yo'riq.
  • Asoschilar tarmog'i. Investitsiya hozircha asosiy emas — keyingi bosqichda strategik investorlar.
ustabek.uzadashevdiyor443@gmail.com